TIIF—2026: Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan dual ta’lim va xalqaro kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2026-06-17 21:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda oliy va professional ta’lim tizimini Germaniya tajribasi asosida rivojlantirish hamda mehnat bozori uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda koʻrib chiqilgan asosiy masalalar:
🔹 Nemis modeli asosida dual ta’lim: Nazariya va amaliyotni integratsiya qilish maqsadida, universitetlar va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida Germaniyaning ilgʻor dual ta’lim tizimini keng joriy etish;
🔹 Akademik va kasbiy mobillik: Oʻzbekistonlik talabalar va professional ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun Germaniyaning nufuzli kompaniyalarida malaka oshirish va haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish;
🔹 Nemis tili va xalqaro standartlar: Talabalarning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvini ta'minlash maqsadida, oliygohlar qoshida nemis tilini jadallashtirilgan tarzda oʻqitish va kasbiy sertifikatlash markazlarini tashkil etish;
🔹 Qoʻshma loyihalar: Muhandislik, texnologiya va innovatsion sohalarda germaniyalik ekspertlarni oʻquv jarayonlariga jalb qilish hamda qoʻshma ta’lim dasturlarini rivojlantirish.
Muloqot yakunida tomonlar nemis ta’lim standartlarini milliy tizimga samarali tatbiq etish va hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha aniq "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.



