Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida plenar sessiya boʻlib oʻtdi
2026-05-21 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Plenar sessiyada Mehmet Jahit Guran, Hachettepe University rektori, Bahodir Toʻrayev, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi, Chidem Janbay Turkyilmaz, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori, Huseyin Dalgar, Burdur Mehmet Akif Ersoy Üniversitesi rektori, Sherzod Nematov, Qarshi davlat texnika universiteti rektori, Yusuf Adıgüzel, Anadolu University rektori, Mehmet Adak, Istanbul University prorektori hamda Shuhrat Teshayev, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori maʼruza bilan ishtirok etdilar.
Maʼruzalarda zamonaviy oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlikning oʻrni, ilm-fan va innovatsiyalar integratsiyasi, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Plenar sessiya ishtirokchilari Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari oliy taʼlim sohasida yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidlab, universitetlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.









