O‘zMU magistranti xalqaro forumda ma’ruza qildi
2026-04-21 13:30:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston milliy universiteti magistranti Charos Abdug‘afurova Samarqand shahrida narkotahdidlarga qarshi o‘tkazilayotgan xalqaro forumda “Profilaktika va ta’lim: maktablar, jamoalar va oilalarning yoshlar hamda zaif guruhlarni himoya qilishdagi roli” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

U o‘z chiqishida yoshlar va zaif guruhlarni himoya qilishda profilaktika hamda ta’limning muhim o‘rnini yoritib berdi.
Magistrant o‘z ma’ruzasida ijtimoiy ishning profilaktika tizimidagi ahamiyati, yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlari hamda Markaziy Osiyo yoshlar tarmog‘ining amaliy tajribalarini taqdim etdi.
