“Toshkent–2025” sanoat yarmarkasida ilmiy loyihalar namoyish etildi: 3 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolandi
2025-12-15 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Pavilyonda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar tomonidan yaratilgan tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar, startap loyihalar hamda Yoshlar akademiyasi aʼzolarining innovatsion gʻoyalari taqdim etilmoqda. Mazkur ishlanmalar ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan boʻlib, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish va bozorga chiqarish imkoniyatlari namoyish qilinmoqda.
Tadbirda sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar vakillari, investorlar hamda ilm-fan sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Koʻrgazma ilmiy ishlanmalar bilan real sektor oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, innovatsion gʻoyalarni amaliyotga joriy etish va yangi investitsion loyihalarni shakllantirish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda.
Koʻrgazmaning birinchi ish kunida umumiy qiymati 3 milliard soʻmga teng boʻlgan sotuv shartnomalari imzolandi.






