Germaniya universitetlari bilan 60 dan ziyod hamkorlik hujjatlari imzolandi
2025-11-18 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Forum doirasida O‘zbekiston va Germaniya oliygohlari o‘rtasida 64 ta o‘zaro hamkorlik kelishuvi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Anhalt Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan 13 nafar nemis professoriga “Faxriy professor” unvoni topshirildi.
Shuningdek, ACQUIN xalqaro akkreditatsiya instituti tomonidan Buxoro davlat universitetiga xalqaro akkreditatsiya sertifikati taqdim etildi.
Tadbir yakunida forum ikki davlat oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzoq muddatli, tizimli va barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.









