Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta omil
2026-06-02 11:00:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida eng katta to‘siq bo‘lib turgan illatlardan biri – bu korrupsiya hisoblanadi. U nafaqat davlat boshqaruviga, balki iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, jamiyatda adolat va ishonch muhitining zaiflashishiga olib keladi.
Korrupsiyaning huquqiy ta’rifi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra korrupsiya – shaxsning o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishi yoki bunday holatga yo‘l qo‘yishi jinoyat sifatida baholanadi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish – bu bir sohaning emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Shu boisdan, bu illatni bartaraf etish uchun sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Sud amaliyotida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar, asosan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, pora olish va pora berish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish holatlarida namoyon bo‘ladi. Sudlar tomonidan bunday ishlar yuzasidan chiqarilayotgan qarorlar nafaqat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo qo‘llash, balki jamiyatda “korrupsiya javobgarliksiz qolmaydi” degan qat’iy ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Davlat xizmatchilari uchun axloq qoidalariga rioya etish, mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qilish tizimini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash – bugungi kunning ustuvor vazifalaridir.
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirish har bir fuqaroning burchi bo‘lib, fuqarolarni huquqiy ongi va huquqiy ma’daniyatini oshirish yo‘li bilan qonuniylik va adolat ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etishimiz mumkin
Sh.Mirzaaxmedov,
Jizzax viloyat sudining sudyasi
L.Qodirqulov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining raisi
