Hokimiyat haqida

Doʻstlik tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1970-yil 16-oktabrda tashkil etilgan. Doʻstlik tumani viloyatning Arnasoy, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 84,1 ming kishi (2022). Doʻstlik tumanida 1 shahar (Doʻstlik) va 12 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Chinobod, Alisher Navoiy, Gʻafur Gʻulom, Sanoatchilar, Bogʻzor, Bunyodkor, Manas, Mevazor, Navroʻz, Saritepa, Oltin vodiy, Qahramon) mavjud. Markazi — Doʻstlik shahri.
