"Pensiya guvohnomasi"ni olish uchun Pensiya jamg‘armasiga kelish shart emasligini bilarmidingiz?
2026-04-18 08:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli pensionerlar!
✅ Pensiya jamg‘armasi sizga qulayliklar yaratishda davom etmoqda. Bugungi kunda my.gov.uz portalining mobil ilovasida "Pensiya guvohnomasi"ni onlayn ko‘rish imkoniyati mavjud.
✅ Ushbu qulaylikdan foydalanib, pensioner ekanligingizni tasdiqlovchi "Pensiya guvohnomasi"ni onlayn ko‘rishingiz va so‘ralgan joyga elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin. (https://lex.uz/uz/docs/-7283178)
👉 Ma’lumot uchun: "Pensiya guvohnomasi"ni onlayn ko‘rish uchun my.gov.uz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak.
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
