Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi korrupsiya bilan kurashga chaqiradi
2026-03-10 14:50:00 / Yangiliklar

Agar Sizda pensiya ta’minoti bilan bog‘liq, jumladan, pensiyalarni tayinlash va to‘lashda, tizim bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ijrosini ta’minlashda, hududiy pensiya bo‘limlariga murojaat qilganda xodimlarning o‘z xizmat va mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi salbiy holatlar, byurokratik to‘siqlar, umuman korrupsion vaziyatlar kuzatilganda Pensiya jamg‘armasining:
🔴 - telergamdagi @pensiyauzbot botiga;
🔴 - 12-71 ishonch raqamiga;
🔴 - Facebook’dagi rasmiy kanalga (https://www.facebook.com/pensiyauzb);
🔴 - Instagram’dagi rasmiy kanalga (https://www.instagram.com/pensiyauzb/);
🔴 pension_uz@pfca.mf.uz elektron pochtasiga o‘z murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.
🧑💻 Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
📌 Unutmang, sizning haq-huquqlaringiz qonun himoyasida
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
