Veb-saytdan foydalanish yo‘riqnomasi va asosiy atamalar
1.1. Asosiy sahifa Veb-saytning asosiy sahifasida agentlik faoliyati bilan bog‘liq eng muhim yangiliklar, sohaga oid e’lonlar, dolzarb ma’lumotlar va boshqa axborot materiallari joylashtiriladi. Asosiy sahifa orqali foydalanuvchilar saytning maxsus xizmatlar bo‘limlariga tezkor o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
1.2. Sayt bo‘limlari Veb-sayt bir nechta tematik bo‘limlardan iborat bo‘lib, ularda agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, xalqaro tajriba almashish, muhandis-texnik kadrlar tayyorlash, qonunchilik bazasi hamda istiqbolli mudofaa loyihalari bo'yicha axborotlar joylashtiriladi.
1.3. Maxsus xizmatlar va litsenziyalash (“Raqamli hukumat”) Sohaga qiziqish bildirgan mahalliy korxonalar uchun qonunchilikka asosan harbiy va ikki xil maqsadga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga litsenziya olish tartib-qoidalari ushbu bo'limda taqdim etilgan. Shuningdek, sohadagi bo'sh ish o'rinlari reyestri ham shu yerda yuritiladi.
1.4. Mahsulotlar katalogi Mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, texnikalar hamda ehtiyot qismlarning elektron reyestri. Foydalanuvchilar maxsus texnikalarning taktik-texnik xususiyatlari bilan tanishishlari hamda katalogni elektron formatda (PDF) yuklab olishlari mumkin.
1.5. Hujjatlar va axborot materiallari Veb-saytda agentlik faoliyatiga oid qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda davlat xaridlari bo'yicha texnik reglamentlar joylashtiriladi. Yirik xalqaro shartnomalar va moliyaviy operatsiyalar bilan ishlashda mazkur normativ baza asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
1.6. Qidiruv funksiyasi va navigatsiya Sayt bo‘limlari o‘rtasida qulay harakatlanish uchun navigatsiya menyusi joriy etilgan. Saytning qidiruv tizimi orqali kerakli hujjatni yoki texnik atamani (masalan, sun'iy intellekt integratsiyasi yoki kadrlar malakasi) kalit so‘zlar yordamida tezkor topish mumkin.
1.7. Elektron murojaatlar va Korrupsiyaga qarshi kurashish Foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) xamkorlik takliflari, innovatsion loyihalar (jumladan, startaplar) bo'yicha elektron murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, tizimda shaffoflikni ta'minlash va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus bo'limi faoliyat yuritadi.
1.8. Ko‘p tilli foydalanish imkoniyati Xalqaro hamkorlar, elchixonalar va xorijiy kompaniyalar vakillari uchun qulaylik yaratish maqsadida veb-sayt bir nechta tillarda (O'zbek, Rus, Ingliz) faoliyat yuritadi. Tilni sahifaning yuqori qismidagi tugma orqali o'zgartirish mumkin.
2. Asosiy atamalar va ularning ahamiyati
Sayt axborot resurslaridan to'g'ri foydalanish va sohaviy hujjatlarni tushunish uchun quyidagi atamalar qabul qilingan:
Veb-sayt – internet tarmog‘ida joylashtirilgan, agentlikning faoliyatini yorituvchi rasmiy axborot resursi.
Foydalanuvchi – mudofaa sanoati tizimiga qiziqish bildiruvchi, xizmatlardan foydalanayotgan, xamkorlik qilayotgan jismoniy (talabalar, muhandislar) yoki yuridik shaxs (IT kompaniyalar, zavodlar).
Davlat mudofaa buyurtmasi – Qurolli Kuchlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida qurol-yarog‘, texnika va maxsus dasturiy yechimlarni yetkazib berish, ta'mirlash va modernizatsiya qilish bo'yicha davlat shartnomalari tizimi.
Ikki xil maqsadga mo'ljallangan mahsulotlar – ham fuqarolik, ham harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo'lgan texnologiyalar (masalan, FPV dronlar, aloqa tizimlari, optik moslamalar).
Texnik reglament – xizmatga qabul qilinayotgan mudofaa texnikalari yoki ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligiga qo'yiladigan majburiy texnik qoidalar va talablar yig'indisi.
Elektron murojaat – foydalanuvchi tomonidan veb-sayt orqali yuboriladigan rasmiy murojaat, ko'rgazmalarda ishtirok etish so'rovi yoki innovatsion g'oya taklifi.
Mahsulotlar katalogi – O'zbekiston mudofaa sanoati kompleksiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar to'g'risidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlar bazasi.
Axborot resurslari – veb-saytda joylashtirilgan ochiq turdagi xaridlar, tender hujjatlari, texnik spetsifikatsiyalar, multimedia materiallari va normativ hujjatlar majmui.
