Agentlik tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 14-yanvarda “Vatan himoyachilari kuni” hamda “Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 25 yillik bayrami” munosabati bilan bayram tabrigida “Milliy mudofaa sanoati kompleksini yaratish” vazifasi belgilab berildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga asosan, davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish hamda mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga mas’ul bo‘lgan davlat organi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tuzilgan.
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 31-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-16-son Farmoni bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi tashkil etildi.
