Agentlik vazifalari
- mudofaa sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlarni, shu jumladan mahalliy korxonalar va xorijiy hamkorlar bilan kooperatsiya orqali tashkil etish;
- mudofaa sanoati sohasida texnologik mustaqillikni ta’minlash, muhim ahamiyatga ega harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;
- maxsus organlarni mudofaa sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlashni tashkil etish;
- davlat mudofaa buyurtmasi shakllantirish va uning bajarilishini ta’minlash;
- xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarining harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlari (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish (sotish)ni tashkil qilish;
- harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, yangi materiallar, butlovchi buyumlar va xomashyoning ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va olib borish;
- harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish, unifikatsiyalash, moslashtirish, yo‘q qilish (utilizatsiya qilish), qayta ishlash, shuningdek, ularni import va eksport qilishda xalqaro tajribani inobatga olgan holda yagona texnik siyosatni amalga oshirish, standartlar va mahsulot sifati talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
- mudofaa sanoati korxonalari uchun ilmiy kadrlar, muhandislar, loyihachilar va konstruktorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
