Davlat xizmatlari yagona reyestri
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 27.10.2023 yildagi davlat xizmatlari yagona reyestriga asosan Agentlik tomonidan 2 ta davlat xizmati ko'rsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-ilovasiga (Amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari) muvofiq, quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun litsenziya berish Mudofaa sanoati agentligi vakolatiga kiradi:
-qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun;
-boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun.
Ushbu sohada litsenziyalash tartib-taomillari davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlardan yoki foydalanish doirasi cheklangan axborotdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin emasligi sababli an’anaviy shaklda xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil 14 iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasi birinchi xatboshisida “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-talmillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bundan davlat sirlarini yoki konunchilikka muvofiq foydalanilishi cheqlangan axborotni o‘z ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno”, degan norma belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
