"Innovatsion texnologiyalar markazi"
2025-03-13 14:30:00 / Tashkilotlar

"INNOVATSIYa TEXNOLOGIYaLAR MARKAZI" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2018 yildan o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi qoshida "Innovatsion texnologiyalar markazi" MChJ tashkil etildi. Bugungi kunda yuqori tajribaga ega mutaxassislarga ega va zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan. Bizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifat darajasi bo‘yicha xorijiy yetakchi davlatlar standartlariga to‘liq javob beradi. Bizni korxona doimiy ravishda mahsulotlarini qulaylik darajasini va sifat darajasini oshirish hamda dizayni ustida ish olib boradi.
Korxonamiz quyidagi vazifalarni bajaradi:
yangi iste’mol xususiyatlariga ega mahsulotlarni yaratishni jadallashtirish maqsadida ilmiy-texnikaviy modernizatsiya, shu jumladan harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini texnik qurollantirish;
ishlab chiqarish rentabelligini oshirish maqsadida ikkitomonlama texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
mudofaa sanoati sohasida akademik, universitet va sohaviy fanlar bilan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish;
yuqori texnologiyali mahsulotlar va raqobatbardosh mahalliy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish maqsadida ilm-fan va ta’limni ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlaydigan hamkorlikka ilmiy va tadqiqotchilarni jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
harbiy-texnik sohada xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda, xorijiy sheriklar bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan xalqaro dastur va fondlardan grantlar jalb qilish orqali;
harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga ilmiy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
harbiy mudofaa buyurtmasini bajarishda ishtirok etuvchi harbiy-sanoat kompleksi va boshqa sanoat korxonalarining malaka auditida va o‘rganishlarida qatnashish;
harbiy-sanoat kompleksi korxonalari xodimlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishni tashkil etish.
