“MobiUz”ni xalqaro savdo jarayonlari davom etmoqda
2026-04-03 11:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, “Universal Mobile Systems” MCHJ (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xalqaro ochiq savdo jarayonlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda.
Savdo jarayonini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, quyidagi xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilganligi eslatib oʻtiladi:
- strategik va moliyaviy konsultant sifatida – “Rothschild & Co”;
- moliyaviy konsultant sifatida, shuningdek moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (vendor due diligence) uchun – “KPMG”;
- mustaqil baholovchi sifatida – “Deloitte”.
Ushbu MobiUz xususiylashtirish jarayonining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi uchun Jamiyatni sotish natijasida eng yuqori iqtisodiy foydaga erishishdan iborat. Shunga kura, raqobat muhitida eng maqbul natijaga erishish uchun savdo jarayonning ayrim parametrlari takomillashtirilishi mumkin.
Joriy bosqich doirasida Davlat aktivlari agentligi ishtirokchilarga 2026-yil 20-aprel soat 23:59 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar avval taqdim etilgan Majburiyatga ega boʻlgan takliflari (BO)ni qayta taqdim etish orqali yaxshilash imkoniyatini yaratadi.
Keyingi jarayon toʻgʻrisida barcha talabgorlar Konsultantlar tomonidan jarayon xati (Process Letter) orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
Davlat aktivlari agentligi Konsultantlar bilan hamkorlikda savdoning barcha jarayonlari toʻgʻrisida jamoatchilikka axborot berib, ishtirokchilarni xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.
Diskleymer
Davlat aktivlari agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davlat aktivlari agentligining Jamiyatni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davlat aktivlari agentligi oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:
(i) Savdo jarayonining barcha bosqichlari muddatlariga oʻzgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davlat aktivlari agentligi tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) aniq sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;
(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni olib borish/tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.
