Bo'sh ish o'rinlari
Bo'sh ish o'rinlari ro'yxati (havola)
(2026.30.01 holatiga)
| T/r | Lavozim holat | Lavozim nomi | Bandlik shakli |
| 1. | Vakant | Strategik rejalashtirish va yigʻma axborot tahlili boshqarmasi boshlig‘i | Nomuayyan muddatga |
| 2. | Vakant | Axborot xizmati boʻlim boshligʻi – direktorning matbuot kotibi | Nomuayyan muddatga |
| 3. | Vakant | Baholash va riyeltorlik faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi | Nomuayyan muddatga |
| 4. | Vakant | Yerlarni xususiylashtirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i | Nomuayyan muddatga |
| 5. | Vakant | Davlat aktivlarining reyestrini yuritish boʻlimi boshligʻi | Nomuayyan muddatga |
| 6. | Vakant | Metodologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi | Nomuayyan muddatga |
| 7. | Vakant | Axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi bosh mutaxassisi | Nomuayyan muddatga |
Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga, Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.gov.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portal (vacancy.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 259-20-87
(71) 259-20-10
Foydali ma'lumotlar
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimlarga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida buyrug‘i Yuklash.
"O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish (yollash) tartibi haqida" Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buyrug'i. Yuklash.
Ishga qabul qilish tartibi (MS Word, 163 KB)
Tanlov ishtirokchilari uchun suhbat savollari ro‘yxati
| Shartnomaviy-huquqiy munosabatlar va daʼvo ishlarini yuritish boʻyicha yuridik boshqarma | Yuklab olish |
| Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens bo‘limi | Yuklab olish |
| Davlat mulkini xususiylashtirish departamenti | Yuklab olish |
| Ijro intizomi nazorati va murojaatlar | Yuklab olish |
| Xalqaro aloqalar va Jahon savdo tashkiloti masalalari | Yuklab olish |
| Moliya-iqtisod va xo'jalik faoliyati | Yuklab olish |
| Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish | Yuklab olish |
| Axborot-kommunikatsiya | Yuklab olish |
| Axborot xizmati | Yuklab olish |
| Strategik rejalashtirish | Yuklab olish |
