Fuqarolarning davlat axborotidan foydalanish huquqlari
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanish huquqiga egadirlar.
Davlat organlari fuqarolarga ochiq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish, so‘rovlar asosida axborot berish, hamda rasmiy veb-saytlarda yangilanib boruvchi ma’lumotlarni joylashtirish majburiyatiga ega.
Fuqarolar davlat axborot resurslaridan quyidagi shakllarda foydalanishlari mumkin:
rasmiy veb-saytlar orqali;
yozma yoki elektron so‘rov yuborish orqali;
ochiq ma’lumotlar portalidan (data.egov.uz).
