Asosiy kontentga o'tish

Agentlikning asosiy vazifalari

DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING ASOSIY VAZIFALARI

  • Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;

  • o‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini taʼminlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

  • davlat manfaatlarini taʼminlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;

  • davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

  • tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish.

452

Oxirgi yangilanish: 2024-02-20 15:36:38