Ro'yhatga olish-2026
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi,

#MEN_RO'YXATDAN_O'TDIM_SIZCHI
✅ Bugun, 15-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
O'zagroinspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i va mutaxassislari hamda tuman bo'limlari xodimlari ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, ro‘yxatdan o‘tmoqdalar.
📌 Siz-chi, ro‘yxatdan o‘tdingizmi?
census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z ma’lumotlarini to‘ldiring!
#census_2026
#chellenj
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugundan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi boshlandi.
Siz bu jarayonda uyingizdan chiqmasdan, onlayn tarzda ishtirok etishingiz mumkin.
census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatga olish orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari, ekin turlari va chorvachilik holati haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Bu raqamlar shunchaki statistika emas. Bu — xalq farovonligi, to‘g‘ri qarorlar va barqaror taraqqiyot uchun asos.
Men o‘z hissamni qo‘shdim. (VIDEO QO'LLANMA)
👉Endi navbat sizda!

2026-yilning 4–28-fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla vakillari xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar.
Hurmatli yurtdoshlar! Agar xonadoningizga kelgan registratorni tanimasangiz yoki unga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat beydjikini ko‘rsatishni talab qiling.
Beydjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi ma’lumotlarni tekshirishingiz mumkin — ushbu ma’lumotlar yagona bazaga kiritilgan.
Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan koll-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xatolik yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan bog‘liq bo‘ladi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi boshlandi
2026-yilning 4–28-fevral kunlari ro‘yxatga oluvchilar — ya’ni mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ishtirok etmagan, yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar.
📊 Mazkur bosqichda turli qiyinchiliklar va vaqt yo‘qotishni oldini olish maqsadida quyidagilarni tayyorlab qo‘yishingiz tavsiya etiladi:
— pasport ma’lumotlari
— bolalar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma
— yer maydoni, xonalar soni va ularning maydoni haqidagi ma’lumotlar
Agar qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullansangiz qo‘shimcha ravishda:
— umumiy yer maydoni
— qishloq xo‘jaligi ekinlari
— hayvonlar va parrandalar soni va qishloq xo‘jaligiga oid boshqa ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yishingiz so‘raladi.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda



