OCHIQLIK SOHASIDAGI SHIKOYATLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLAR
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabr, O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi:
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
“O‘zagroinspeksiya”ning rasmiy elektron pochta manzili “Aloqa nazorati" Telegram guruhi orqali kelgan murojaatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi orqali kelgan murojaatlar elektron murojaatlar shaklida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar quyidagi manbalar orqali qoldirilishi mumkin:
“O‘zagroinspeksiya”ning elektron pochtasi: info@agroin.uz
Inspeksiyaning ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifalari orqali Telegram
"O‘zagroinspeksiya”ning saytida qayta aloqa bo'limidan savol yo'llash
Bundan tashqari, shikoyat va takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish” Inspeksiyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOM;
“Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish sohasida inspeksiyasining Ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkun +998(71) 202-12-48 “Ishonch telefoni” xizmati Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Buyruq bilan tashkil etilgan.
Inspeksiyada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va nazorat qilishga mas’ul — Abdujapparov Kaxramon
Ish tartibi:
dushanba - juma: 9:00 - 18:00
tushlikdagi tanaffus: 13:00 - 14:00
