Xalqaro shartnomalar
O’zagroinspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”DM International Seed Testing Association (ISTA) xalqaro tashkilotining a’zoligiga qabul qilindi.
2026 yil 21 aprel kuni Shveysariyaning Vallizellen shahrida taqdim etilgan sertifikatga muvofiq, markazga UZML0200 a’zolik kodi berildi.

“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazida MARFA ODA O‘zbekiston ofisi vakili, Ph.D. JANG Jeongryeolning amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazida Turkiya Respublikasining Agro Anatolia Tarim Ürünleri San. Tic. Ltd. Şti. kompaniyasi vakili Hüseyin Altuntaşning amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Koreya Respublikasining GW International kompaniyasi vakillarining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda uning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligini, GMO va xavfsizligini aniqlash markaziy laboratoriyasiga amaliy tashrifi amalga oshirildi.

Toshkent shahridagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida 28-29 sentabr kunlari Xalqaro tegirmonchilar uyushmasining 5-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

MARKAZ VA ECOSA O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

“O‘ZAGROINSPEKSIYA” DELEGATSIYASI GERMANIYADA QATOR UCHRASHUVLAR O‘TKAZDI

“O‘zagroinspeksiya” boshlig'i o'rinbosari V. Xasanov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya o‘simlik seleksionerlari federal assotsiatsiyasi — Bundesverband Deutscher Pflanzenzüchter e. V. (BDP) vakillari bilan uchrashdi.

