TOSHKENT VILOYATIDA PAXTA HOSILI YIG‘IM-TERIMINING BORISHI O‘ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA
2025-10-30 10:45:00 / Yangiliklar

Bu yilgi terim mavsumida viloyat bo‘yicha 1019 ta fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida yetishtirilgan mo‘l hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish ishlarida 135 ta paxta terim mashinalari safarbar etilib, terimda ishtirok etish uchun 512 ta otryadlarga 50 ming nafar terimchilar biriktirildi.
Belgilangan marra chizig‘iga birinchilardan bo‘lib, Yuqori Chirchiq tumani paxtakorlari yetib kelishdi. Mavsum oxiriga qadar Bo‘ka tumani mirishkor dehqonlari shartnomaviy rejani bajarish sari olg‘a borishga intilmoqdalar. E’tirof etish joizki, yig‘im-terim ishlarining uyushqoqlik bilan borishida Inspeksiyaning viloyat hamda tuman bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, joriy yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklari tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilishda yuzaga keladigan nizolarni joyida hal etish hamda paxta xom-ashyosini sifati, navi, iflosligi va namligi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlarini to‘g‘ri o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida Toshkent viloyati bo‘yicha 4 guruhdan iborat 8 ta tumanda Mobil “Arbitraj” guruhlari tashkil etilib, paxta-to‘qimachilik klasterlari qoshidagi mavjud 27 ta Paxta qabul qilish maskanlarining tarozi va laboratoriya xonalarida bannerlar tashkillashtirildi.
Mavsumda paxta xomashyosini tashib keltirish, tushirish va saqlashda nobudgarchilikni kamaytirishga eri-shildi, paxta qabul qilish mavsumi davomida mahsulot yetishtiruvchi va qayta ishlash korxonalari o‘rtasida xomashyo qabul qilish jarayonida sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha yuzaga kelgan 15 ta nizoli holatlar bo‘yicha mobil arbitraj guruh-lari tomonidan paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash-da yuzaga kelgan nizolar bo‘yicha qayta sinovlar o‘tkazilib, sinov natijalari fermer xo‘jaliklari foydasiga ijobiy hal etildi.
Jumladan, “Arbitraj” guruhlari tomonidan joriy yilgi mavsumda jami 15 ta nizoli holatlar ko‘rib chiqilib, paxta xom-ashyosining iflosligi va namligi bo‘yicha nizolarning barchasi fermer xo‘jaliklari foydasiga ijobiy hal etilishga erishildi.
Sh.Shaymanov,
“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi shu’ba boshlig‘i.





