XORAZM VILOYATIDA PAXTA QABUL QILISH JARAYONLARIDA SHAFFOFLIK TA’MINLANMOQDA
2025-10-24 16:35:00 / Yangiliklar

Paxta topshiruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni shaffof hal etish uchun mobil arbitraj guruhlari shakllantirilib, har bir paxta qabul qilish maskaniga O‘zagroinspeksiya xodimlari biriktirilgan. Fermer xo‘jaliklari va klasterlar bevosita hududdagi mobil arbitraj guruhlariga murojaat qilishlari uchun har bir qabul maskanida aloqa raqamlari joylashtirilgan.
Bugungi kunga qadar tumanlardagi mobil arbitraj guruhlariga fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 82 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
70 tasi — paxtaning namlik va ifloslik ko‘rsatkichlariga,
12 tasi — paxtaning sanoat navi va sinfiga oid bo‘lgan.
O‘rganishlar natijasida nizoli masalalarning 59 tasi (72%) fermer xo‘jaliklari, 23 tasi (28%) esa korxonalar foydasiga hal etilgan.
Sh. Artikov,
“O‘zagroinspeksiya” Xorazm viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i



