SAMARQANDDA PAXTA QABUL QILISH JARAYONIDAGI NIZOLAR BARTARAF ETILMOQDA
2025-10-17 18:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilgi paxta mavsumida viloyatda faoliyat yuritayotgan 8 ta paxta-to‘qimachilik klasteri, 8 ta kooperatsiya hamda 6 ta urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 38 ta paxta qabul qilish maskanlariga paxta xom-ashyosi topshirilmoqda.
Paxta qabul qilish jarayonini nazorat qilish, fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, hosilning nobudgarchiligini kamaytirish hamda yuzaga keladigan nizolarni joyida hal etish maqsadida “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan 4 ta “Mobil arbitraj” guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunga qadar mazkur guruhlar tomonidan 45 ta nizoli holat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 41 tasi (91.1%) fermer xo‘jaligi foydasiga , 4 tasi (8.9%) to‘qimachilik klasteri korxonasi foydasiga hal etilgan.
Mazkur ishlar natijasida paxta qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, hosil sifati bo‘yicha kelishmovchiliklarning oldini olish va fermerlarning manfaatlarini himoya qilish borasida samarali natijalarga erishilmoqda.





