E’LON
2025-10-16 13:35:00 / Yangiliklar
"Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bosqichma-bosqich "Elektron hukumat" ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2025-yil 17-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab, 18–19-oktabr kunlari davomida "O‘zagroinspeksiya" axborot tizimlarida vaqtincha texnik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu jarayon — mavjud axborot tizimlarini markazlashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
