QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPSHIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2025-09-02 17:35:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, tizimda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari, Prezident Administrasiyasining topshiriqlari hamda Hukumatning qaror va farmoyishlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Inspeksiyaga kelib tushgan barcha qonunchilik hujjatlari bilan barcha tarkibiy tuzilmadar doimiy ravishda tanishtirib borilmoqda va shu jumladan, ijro muddatlilari alohida nazoratga olingan.
Xususan, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 510 ta hujjat, shundan, O‘zbekiston Respublikasining 65 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 71 ta farmon, farmoyishlari
va 120 ta qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 254 ta qarorlari ro‘yxatga olinib, ijrosiga mas’ul xodimlar belgilandi va ushbu hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalarga elektron shaklda yetkazildi.
Shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizim orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31 maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, soha faoliyatiga tegishli har bitta qonunchilik hujjati ijrochilarga yetkazilib, nazorat rejalari ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Ushbu yo‘nalishda har haftaning dushanba va juma kuni muhokamalar tashkil qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda Hay’at yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek, avgust oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son farmon ijrosi yuzasidan har hafta juma kunlari keyingi haftada ijrosi ta’minlanadigan qonunchilik hujjatlari va oyning 25 sanasida sentyabr oyida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inspeksiya boshlig‘iga kiritildi.
Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida qonunchilik hujjatlarini nazorat qilish tizimi orqali Inspeksiyaga 20 ta me’yoriy hujjat
(6 ta farmon, 6 ta qaror va 8 ta bayon) bo‘yicha 95 ta (Prezident farmonlarining 67 ta, qarorlarining 12 ta va bayon va boshqa topshiriqlarining 16 ta) bandlari kirim qilindi va o‘tgan yillardan ijroga o‘tganlari bilan birga, 39 ta hujjat bo‘yicha jami 148 ta topshiriq bo‘yicha tegishli ishlar tashkil qilindi.
Olib borilgan ishlar natijasida yil boshidan jami 109 ta (shu jumladan, o‘tgan yillardagi 63 ta va 2025 yildagi 46 ta) qonunchilik hujjatlari ijrosi bo‘yicha axborotlar tegishli vazirlik va davlat idoralariga kiritilgan.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida avgust oyi davomida alohida nazoratga olingan 4 ta qonunchilik hujjati va topshiriqlarining (PF-109, PF-95, PQ-431, hamda 24-2025-sonli Prezident topshirig‘i, avgust oyi ijro muddatli 14 ta topshiriq) ijrosi yuzasidan ishlar tashkil qilindi hamda ular bo‘yicha axborotlar tegishli davlat organlariga kiritilib, belgilangan tartibda muddatidan oldin nazoratdan yechildi yoki keyingi muddatga o‘tkazildi.
Shuningdek, 2025 yil sentyabr oyida muddati keladigan 7 ta topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan rahbar o‘rinbosari va markaziy apparatning tegishli bo‘linmalari kesimida kunlik “Kalendar-grafik” va “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ushbu topshiriqlarni avgust oyining 25 sanasiga qadar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
2025-yil 1-sentyabr holatiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali 33 ta Prezident hujjatlari (9 ta farmon, 18 ta qaror va 6 ta bayon) bo‘yicha 107 ta (farmonlar ijrosi yuzasidan 64 ta, qarorlar 36 ta va bayonlar 7 ta) topshiriq ijrosi nazoratga olindi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari bilan bir qatorda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi rahbarining, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasining topshiriqlari ijrosi ham nazoratga olingan.
Jumladan, Prezident Administrasiyasi rahbarining 2 ta (ijro muddatlari keyingi oylarda), Vazirlar Mahkamasining 4 ta (hisobot oyida Bosh vazir rahbarligidagi 2 ta bayon bo‘yicha 5 ta topshiriq kelib tushgan, oy davomida avgust oyi muddatli 8 ta topshiriq barchasi ijrosi ta’minlangan) hamda Hukumat komissiyasining 2 ta topshirig‘i (ijro muddatlari keyingi oylarda) ijrosining o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlanishi belgilab olingan.
A.Vaxabov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
