“O‘ZAGROINSPEKSIYA BOSHLIG‘I KUBOGI – 2025” SPORT MUSOBAQASI YAKUNIGA YETDI! 🏓
2025-08-26 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zagroinspeksiya tizimida mehnat qilayotgan davlat xizmatchilarini sportga jalb etish maqsadida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
🗓 20–23-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan tuman va viloyat bosqichlarida 400 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi.
🏁 Final bosqichida qatnashchilar chaqqonlik va mahorat borasida haqiqiy bellashuv namoyon etishdi. Musobaqa qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
🥉 3-o‘rin: Qilichov Vali Tilavovich –Buxoro viloyati yetakchi mutaxassisi
🥈 2-o‘rin: Matiyaqubov Sarvar Maxmudovich –Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘limi boshlig‘i
🥇 1-o‘rin: “O‘zagroinspeksiya boshlig‘i kubogi – 2025” sohibi- Boydedayev Rustam Toxirovich – Namangan viloyati Kosonsoy tuman bo‘limi boshlig‘iga nasib etdi.
🏆Taqdirlash marosimida O‘zagroinspeksiya boshlig‘i A. Vaxabov ishtirok etib, barcha qatnashchilarni tabrikladi.
Qatnashchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









