“O‘ZAGROINSPEKSIYA”NING NAMANGAN VILOYATIDA SPORTNING STOL TENNIS TURI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI
2025-08-22 17:00:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimida mehnat qilayotgan davlat xizmatchilarining sportga keng jalb qilish maqsadida mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya boshlig‘i kubogi - 2025” musobaqalari tashkil etildi. Ayni kunlarda ushbu bellashuvlarning tuman va viloyat bosqichlari yakunlanmoqda.
Inspeksiyaning Namangan viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlarida ham musobaqaning dastlabki bosqichlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan tuman bosqichida g‘olib chiqqanlar o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi bosqich murosasiz bahslarga boyligi bilan ajralib turdi. Uning g‘olibi esa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bellashuvlarda Namangan sharafini himoya qiladi.




