TAKRORIY KARTOSHKA EKINI – QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI
2025-08-21 11:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ–4704-sonli qarori ijrosi doirasida, “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda takroriy kechki kartoshka ekinlari ekilishi va parvarishlanishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatida 2025-yil mavsumida g‘alladan bo‘shagan 10 ming gektar takroriy maydonlarga kartoshka ekish ishlari amalga oshirildi.
Hozirgi kunda, Inspeksiya tomonidan ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hosilni sifatli va yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish, uni Davlat standartlari talablariga muvofiq tarzda omborxonalarda saqlash, ichki bozorga arzon va sifatli kartoshka mahsulotlarini yetkazib berish ustidan ham doimiy nazorat olib borilmoqda.
Takroriy ekin sifatida kechki kartoshkani yetishtirish — nafaqat yer resurslaridan unumli foydalanish, balki fermerlar uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanishi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, bu yo‘l bilan aholini yildan-yilga ortib borayotgan talabini qondirish, narx-navo barqarorligini ta’minlash imkoniyati ham yaratilmoqda.



