KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH - DAVR TALABI
2025-07-24 17:45:00 / Yangiliklar

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid 12 ta ichki lokal hujjatlar qabul qilinib ijroga qaratildi.
O‘zagroinspeksiya tizimining korrupsiyaviy xavf-xatarga duch keladigan vazifa va funksiyalari “e-anticor.uz” platformasiga kiritilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi dastur va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi.
Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish maqsadida 1500 dan ortiq ma’lumotnomalar, bukletlar va infografikalar tarqatilib, xodimlarning xizmat xonalari va ish stollariga qo‘yildi.
Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha raqamlashtirishdan foydalanish borasida:
- korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari o‘tkazilib, saytlarda e’lon qilib borildi;
- korrupsiyaga oid murojaatlarni “online” qabul qilish amaliyoti joriy etildi;
- korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari yaratildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi e’lon qilgan Ochiqlik indeksida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilishi inspeksiyasi 76,4 ball bilan “yashil hudud”dan o‘rin olishiga erishildi.
Hisobot davrida markaziy apparat nomenklaturasidagi (bunda hududiy boshqarmalar boshliqlari va o‘rinbosarlari hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlari) lavozimlarga 841 nafar nomzodlar o‘rganildi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “edu.proacademy.uz (https://edu.proacademy.uz/auth/login?redirectURL=%2F)” ta’lim platformasi orqali 916 nafar xodimlar masofaviy o‘quv kurslarida o‘qitildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida 28 ta maxsus o‘quv treninglari tashkil etildi.
Inspeksiya tizimida 995 nafar xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar to‘ldirilib, 75 ta profilaktika targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlar aniqlanib, 5 nafar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi boshqa xodimlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi tugatildi.
2025-yilning o‘tgan davrida “O‘zagroinspeksiya”ning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoqda amalga oshirilayotgan ishlar ochiqlik, mas’uliyat va halollik kabi tamoyillarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat oldidagi muqaddas burchidir.
Keldibek Bazarbayev ,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi
