AMALIY SEMINARLAR BOSHLANDI
2025-07-14 11:15:00 / Yangiliklar
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari viloyatlarda bo‘lib, 2025 yil 7 iyul kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan PF–109-sonli Farmon mazmuni, amaliy mexanizmlari va sohaga kiritilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etmoqda.

Bugun, 2025 yil 14 iyul kuni, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, urug‘chilik subyektlari va fermer xo‘jaliklari uchun katta seminar bo‘lmoqda.
Farmonga ko‘ra urug‘liklar sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatini baholashning yangi, zamonaviy va shaffof tizimini joriy etish belgilangan.
Tadbir davomida mutaxassislar ishtirokchilarga urug‘liklarning sertifikatlash jarayoni, davlat nazorati, xalqaro tajriba va eksport-importdagi o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berishmoqda.





