“O‘ZAGROINSPEKSIYA” ISHCHI GURUHI ITALIYA TAJRIBASINI O‘RGANDI
2025-06-23 21:05:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida, ishchi guruh tomonidan Italiya davlatida urug‘chilik sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablari, ISTA va OECD qoidalar talablari asosida sifatni aniqlash va sertifikatlashtirish, markirovkalash, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, jamg‘arish, saqlash, qayta ishlash, dorilash va qadoqlash jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, CREA tashkilotining Milan va Baloniya hududiy bo‘lim va laboratoriyalarida ISTA qoidalari asosida urug‘liklarni sifatini baholashda ya’ni, urug‘larning ekinbopligini, ular tarkibida GMO mavjudligi va miqdorini aniqlash hamda genetik tozaligini (navdorlik) aniqlash shu bilan birga sertifikatlashtirish idorasi tomonidan namuna tanlab olish va OECD qoidalari asosida markirovkalash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi va o‘zaro tajribalar almashildi.
Xususan, CREA tashkiloti tomonidan urug‘liklarni navlarini UPOV qoidalari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, dala nazoratini o‘tkazish ishlari bilan tanishildi.
Shu bilan birga, Italiyada qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish, ularni nazorat qilish sohasi ham o‘rganildi.
Jumladan , Italiyada qishloq xo‘jaligi texnikalari davlat ro‘yxatiga olinib, davlat raqam belgisi berilishi, sinovdan o‘tmagan texnikalarni davlat ro‘yxatiga olishga ruxsat etilmasligi va ro‘yxatga olinmagan texnikalar bilan yo‘llarda harakatlanganda jarima qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, tashrif so‘ngida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida urug‘chilik sohasi bo‘yicha o‘zaro yaqindan hamkorlik qilish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘zaro memorandum imzolandi.








