TOSHKENT VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANDI
2025-06-20 16:35:00 / Yangiliklar

Xususan, Zangiota tumani “Ilg‘or” MFY hududidagi 208-konturda joylashgan jami 4,0 gektar yer maydonining 60 bonitet baliga ega bo‘lgan sug‘oriladigan 0,47 gektarlik qismi bir nechta fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, 3468.6 kv.m maydonida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi oqibatida yerlarni, qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilgan va 324 million 489 ming 26 so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Zangiota tumanining “Navro‘z” MFY hududidagi “Niyat-Agro-Eksport” MCHJga (nomi o‘zgartirilgan) tegishli qishloq xo‘jaligi xaritasining 379-konturidagi 75 ball bonitetli sug‘oriladigan 0,5455 gektar yerida noqonuniy qurilish ishlari olib borilganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilgan va 420 million 113 ming 35 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
O‘zagroinspeksiya yurtdoshlarimizdan qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli va qonuniy asosda foydalanishga, ekologik muvozanat hamda tuproq unumdorligini saqlashga chaqiradi.
SH.Axmedov,
O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlardan foydalanishni nazorat
qilish bo‘limi boshlig‘i





