DON NAZORATI: MINGDAN ORTIQ HOLATDA KAMCHILIK ANIQLANGAN.
2026-11-10 10:10:00 / Yangiliklar

Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zagroinspeksiya) tomonidan qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida tizimli davlat nazorati amalga oshirilib kelinmoqda.
Donni qabul qilish jarayonida uning miqdori va sifati, jumladan, namligi, iflos aralashmalar miqdori, naturasi, kleykovinasi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya tahlillari asosida aniqlanishi, tegishli hujjatlar bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Bug‘doyni saqlash davomida uning namligi va harorati muntazam kuzatib borilishi, qizish, mog‘orlash, zararkunandalar bilan zararlanish holatlarining oldini olish choralari ko‘rilishi zarur. Turli sifat ko‘rsatkichlariga ega don partiyalarini alohida saqlash, zarur hollarda tozalash, quritish va shamollatish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha don saqlash korxonalariga muhim ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan donni sifatli saqlash, ichki harakatlantirish va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonlarida miqdor-sifat hisobining to‘g‘ri yuritilishi, birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi, donning harakati va hisob ma’lumotlarining muvofiqligi ustidan nazorat o’rnatilgan bo’lib, yil davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1 084 ta holatda kamchilik aniqlan. Shundan ko‘rilgan ta’sir choralari:
- 362 ta ogohlantiruvlar berilgan;
- 741 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgan;
- 99 ta taqdimnomalar kiritilgan;
- 16 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlarga shundan, 7 ta sudlarga, 9 ta prokuraturaga qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli materiallar yuborilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va ulardan oqilona foydalanish jarayonlarida davlat nazoratini kuchaytirish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda aholimizni sifatli don va un mahsulotlari bilan ta’minlash, ertangi kunimiz farovon, dasturxonimiz to‘kin va eng muhimi, xalqimiz sog‘lom bo‘lishini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Paxta xom ashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

