#ECOSA_kongressi
2026-10-29 18:05:00 / Yangiliklar

IX xalqaro ECOSA urug‘chilik kongressining uchinchi kuni doirasida 9 ta davlatdan tashrif buyurgan 130 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis va tadbirkorlar “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Samarqand viloyati filialiga tashrif buyurdilar.
🔬 Tashrif davomida mehmonlarga filial faoliyati, urug‘lik mahsulotlari sifatini baholash jarayonlari, laboratoriya imkoniyatlari hamda sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot berildi. Xorijiy delegatsiya vakillari Markaz faoliyati, urug‘lik sifatini baholash tizimi va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
🤝 Uchrashuvda urug‘lik mahsulotlari sifatini ta’minlash, zamonaviy baholash usullarini qo‘llash, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Samarqand viloyati urug‘chilik boshqarmasi tomonidan taklif etilayotgan bug‘doy navlari hamda urug‘lik mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
📈 Mazkur tashrif Markazning xalqaro miqyosda tanilishiga, urug‘lik sifatini baholash sohasidagi tajribasini namoyish etishga va xorijiy hamkorlar bilan professional aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Tashrif yakunida ECOSA rahbariyatiga milliy qadriyatlarimiz ramzi sifatida Samarqand to‘ni va do‘ppisi sovg‘a qilindi.









