#Yoshlar_kuni
2026-10-29 15:20:00 / Yangiliklar

Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni o‘rganish va takliflarini tinglashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyati boshqarmasida navbatdagi «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi” tashkil etildi.Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda «Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik» mavzusida keng tushunchalar berildi.
Samimiy va jonli muloqot ruhida o‘tgan tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Shuningdek, ularning taklif va muammolari tinglanib, hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


