QISHLOQ XO‘JALIGIDA KUZGI AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA
2026-10-22 10:15:00 / Yangiliklar
Qishloq xo‘jaligida 2027-yil hosili uchun puxta zamin yaratish maqsadida bugungi kunda paxtasi terib olingan maydonlarni g‘o‘zapoyadan tozalash va qator oralariga don ekish ishlari yakunlanib bormoqda.

2027-yil hosili uchun respublika bo‘yicha 964,2 ming gektar sug‘oriladigan maydonda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish belgilangan.
Bunda yerni sifatli tayyorlash, sara urug‘likdan foydalanish va ekish muddatlariga rioya qilish muhim hisoblanadi.
Mazkur jarayonlarda “O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarda agrotexnik talablarga rioya etilishi, yerlarni ekishga tayyorlash va don ekish ishlarining o‘z muddatida bajarilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yilda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish yuzasidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklarga 209 ta taqdimnoma kiritilib, soha mas’ullari va g‘alla yetishtiruvchi sub’ektlarga 823 ta yozma ko‘rsatma hamda 31 219 ta ogohlantirish berilgan.
Asosiy maqsad — agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish va tuproq unumdorligini asrash hamda 2027-yil hosili uchun mustahkam zamin yaratish.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi.
