NAMANGANDA INSON RESURSLARINI STRATEGIK BOSHQARISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI
2026-10-08 12:30:00 / Yangiliklar

Unda “O‘zagroinspeksiya”ning Namangan viloyati boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Xojiyev faol ishtirok etdi.
Seminar davomida inson resurslarini samarali rejalashtirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ijobiy ish muhitini shakllantirish hamda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, inson resurslarini strategik rejalashtirish loyihasi 2024-yilda boshlangan bo‘lib, dastlab ikki vazirlikda sinovdan o‘tkazilgan. Bugungi kunga qadar 18 ta vazirlik va idorada inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimi joriy etilgan.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, inson resurslarini rejalashtirish tizimini amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar.


