NAVOIY VILOYATIDA 2027-YIL HOSILI UCHUN SABZAVOT EKINLARI JOYLASHTIRILMOQDA
2026-09-30 11:55:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlarning belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi “O‘zagroinspeksiya” xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Mutaxassislar tomonidan fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi ekin maydonlari o‘rganilib, ekinlarni ekish uchun talab etiladigan urug‘liklarning zahirasini yaratish bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.
Viloyatda 2027-yil hosili uchun jami 1 392 gektar maydonga sabzavot ekinlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlar uchun 97 tonna urug‘lik talab etiladi.
Shundan 471 gektar maydonga avgust oyida talab etiladigan piyoz urug‘i 19 tonna, 921 gektar maydonga 78 tonna sarimsoqpiyoz to‘qsonbosdi usulida joylashtirish ko‘zda tutilgan. To‘qsonbosdi usulidagi ekin maydonlari bo‘yicha ham 2025-yilga nisbatan 29 gektarlik o‘sish qayd etilgan.
Joriy yilda Karmana tumanida 160 gektar, Konimexda 42 gektar, Qiziltepada 323 gektar, Navbahorda 314 gektar, Nurotada 163 gektar va Xatirchi tumanida 390 gektar maydonda sabzavot ekinlarini joylashtirish belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlarida ekin maydonlarining belgilangan rejalarga muvofiqligi, ekish uchun mavjud hamda etishmaydigan urug‘liklar va sifati bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, o‘z muddatida bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
