YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DOIMIY NAZORATDA
2026-09-29 16:00:00 / Yangiliklar

Tekshiruvlar davomida Yangi yo‘l shahri A.Ortiqov massivida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bilan bog‘liq bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Xususan, 0,33 gektar sug‘oriladigan ekin maydonida o‘zboshimchalik bilan kotlovan qazilgani aniqlanib, yerga yetkazilgan zarar 420 mln 381 ming 500 so‘m miqdorida hisoblandi.Shuningdek, 0,45 gektar sug‘oriladigan ekin maydonida tuproq qazib olinib, olib chiqib ketilgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha yerga yetkazilgan zarar 568 mln 253 ming 753 so‘mni tashkil etdi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini asrash, ulardan oqilona va qonun talablari asosida foydalanish — barchamizning umumiy vazifamizdir.


