“O‘ZAGROINSPEKSIYA” DELEGATSIYASI GERMANIYADA QATOR UCHRASHUVLAR O‘TKAZDI
2026-09-14 17:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, agrar islohotlar, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, shuningdek, urug‘chilik tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik Memorandum imzolandi.
Tashrif davomida Germaniya Federal Respublikasining Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va hududiy masalalar federal vazirligi (BMLEH) vakili Verena Hedtke bilan ham muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda, Germaniyaning nazorati sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, ekspertlar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sohani raqamlashtirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha fikr almashildi.




