NAMANGAN: 2027-YIL HOSILI UCHUN KUZGI BOSHOQLI DON EKINLARI EKISHGA TAYYORLANMOQDA
2026-09-14 15:40:00 / Yangiliklar

2027 yil hosili uchun Namangan viloyati bo‘yicha 64 410 gektar maydonga g‘alla ekish ishlari rejalashtirilib, unga ko‘ra jami 18 530 tonna sara urug‘lik don qadoqlandi. Don urug‘lari QR kodli sifat ko‘rsatkichi bilan tinim davrini o‘tash yaʼni yarovizatsiya (vernalizatsiya) qilish uchun sovitkichli omborlarda saqlashga qo‘yildi.
Xususan, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Gulxumor» fermer xo‘jaligida 2027 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga yerlarni sifatli tayyorlash, ekish hamda ekilgan maydonlarda bir tekis unib chiqishni taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar yig‘ilishida, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xudoyberdiev, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Shodmonov, viloyat Urug‘chilik boshqarmasi boshlig‘i O. Haydarov, tuman hokimi D.Mirxanov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari, soha masʼullari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman xodimlari tomonidan jami 95 ta nazorat tadbirlari 11 ta o‘tkazilgan profilaktik tadbirlari, 80 ta aniqlangan qonunbuzarlik holatlari, 101 ta ogohlantiruv, 73 ta yozma ko‘rsatma, 7 ta taqdimnoma kiritilishi taʼminlandi.
2027 yil hosili uchun urug‘lik g‘alla ekish tadbirlarida inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman xodimlari tomonidan doimiy nazoratida bo‘ladi.
N.Isomitdinov
«O‘zagroinspeksiya»ning Namangan viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i


