“UZAGROIN” YAGONA AXBOROT TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ONLAYN-SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-09-10 17:50:00 / Yangiliklar

Seminar davomida “Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish” bo‘limiga oid modullardan foydalanish, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga to‘g‘ri kiritish va muntazam yangilab borish, hamda tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tizimda ma’lumotlarning aniqligi va to‘liqligini ta’minlash, inson resurslariga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazada tizimli yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, tizimdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Mazkur seminar hududiy bo‘linmalarda inson resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish va “Uzagroin” tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





