SIFAT VA SHAFFOFLIK — RAQAMLASHTIRISH ORQALI!
2026-09-10 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda faoliyatda ochiqlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilgani ta’kidlandi.
Ariza qabul qilish, namuna olish, laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va sertifikat rasmiylashtirish jarayonlari “sertifikat.tris.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
Mazkur tizim sertifikatlashtirish jarayonlarini shaffof va nazorat qilinadigan tartibda tashkil etish, inson omilini cheklash hamda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilmoqda.
Raqamlashtirish — shaffoflik, halollik va korrupsiyaning oldini olishning muhim omili.




