QOG‘OZSIZ _BIR KUN
2026-09-10 10:30:00 / Yangiliklar

Hukumatning 2026 yil 18 martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Agroinspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga ko‘ra har oyning 10-sanasi Inspeksiya tizimida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.
«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari ushbu tashabbusda faol ishtirok etib, hujjatlar almashinuvini elektron shaklda amalga oshirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish va ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirish borasida namunali ishlarni olib bormoqdalar.
🌱Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz!💻 Raqamlashtirish – zamon talabi!📄 Qog‘ozni tejash – kelajak avlodga eʼtibor!



