#ekofaol_xodim Ekologik tashabbuslar tashkilotchisi
2026-09-09 10:45:00 / Yangiliklar

Ushbu ezgu tashabbuslarni amalga oshirishda boshqarma xodimi Mahmudova Ravshanoy o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati bilan alohida ajralib turadi. U ekologik tadbirlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashib, jamoada ekologik madaniyatni shakllantirish hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mahmudova Ravshanoy tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik tashabbuslar nafaqat boshqarma jamoasi, balki keng jamoatchilik orasida ham ekologik ong va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zagroinspeksiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi jamoasi Mahmudova Ravshanoyning samarali faoliyatini yuksak qadrlaydi hamda kelgusidagi mehnat faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va yangi yutuqlar tilaydi.
Tabiatni asrash – barchamizning umumiy burchimiz, ekologik madaniyatni yuksaltirish esa kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir




