XORAZM: 700 GEKTAR MAYDONLAR URUG‘LIK CHIGIT YETISHTIRISH UCHUN NOLOYIQ DEB TOPILGAN
2026-08-20 17:00:00 / Yangiliklar

Vegetatsiya davri davomida 3 marta monitoring dala kuzatuvlari o‘tkazilib, urug‘lik paxta yetishtirish jarayonlarida agrotexnik tadbirlarning bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun 700 gektar maydonlar urug‘lik yetishtirishga noloyiq deb topilib, yaroqsizga chiqarilishi taʼminlandi.
Bugungi kunda viloyatda 79 nafar subyektlarning 4221 gektar maydonlari aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilishi uchun urug‘lik yetishtirishga loyiq maydon sifatida qoldirildi.
Ushbu maydonlardan yuqori sifatli navdor urug‘liklar yetishtirish maqsadida NAVDORLIKNI taʼminlash choralarini ko‘rish bo‘yicha Bog‘ot tumanidagi “Ahmadjon Allayarov” xususiy urug‘chilik xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari va tuman aprobatsiya komissiyalari ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.
Seminarda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat va tumanlar aprobatsiya komissiyasi aʼzolari, mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida joriy yildan boshlab aprobatsiya ko‘rigining yangi bosqichda onlayn tarzda planshet orqali dalani o‘zida o‘tkazilayotganligi munosabati bilan seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berib o‘tildi.
Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish bilan birga, NAVDORLIKNI taʼminlashga qaratilgan choralarning ko‘rilishi yuzasidan o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga erishdilar.
N.Ismailov-O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i





