Hurmatli tadbirkorlar va fermerlar!
2026-08-20 10:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda tadbirkor va agrobiznes vakillarining hissasi beqiyosdir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, tashabbuskorligingiz va agrar sohada amalga oshirayotgan istiqbolli loyihalaringiz yurtimiz iqtisodiyoti hamda farovonligining muhim tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Agroinspeksiya jamoasi bundan buyon ham faoliyatingizda qonuniylikni taʼminlash, sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va halol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yaqin hamkor bo‘lib qoladi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishlaringizda hamisha baraka bo‘lsin, yangi tashabbus va loyihalaringiz muvaffaqiyat keltirsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O'zagroinspeksiya jamoasi
