NAVOIYDA G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR MONITORINGI DAVOM ETMOQDA
2026-08-05 13:00:00 / Yangiliklar

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, g‘o‘za maydonlarining rivojlanish fazasi quyidagicha taqsimlangan:
8 841 gektar (36%) — 5–6 ko‘sak fazasida;
11 532 gektar (47%) — 7–8 ko‘sak fazasida;
4 387 gektar (18%) — 9–10 ko‘sak fazasida.
Monitoring jarayonida viloyatdagi 1 334 ta fermer xo‘jaligining 8 001 gektar g‘o‘za maydonida agrotexnik qoidalarga to‘liq rioya etilmaganligi va muayyan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Ushbu kamchiliklarni joyida bartaraf etish hamda qonuniylikni taʼminlash maqsadida quyidagi choralar ko‘rildi:
9 ta taqdimnoma va 17 ta ko‘rsatma - mahalliy hokimliklar va soha masʼullariga kiritildi;
825 ta rasmiy ogohlantirish xati - fermer xo‘jaliklariga berildi;
27 ta holat bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniylikni taʼminlash maqsadida tuman sudlariga yuborildi.
G‘o‘za parvarishida agrotexnik qoidalarga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
