“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SIFATINI BAHOLASH MARKAZI” ISTA AKKREDITATSIYASI SARI YANA BIR MUHIM QADAM
2026-08-03 11:10:00 / Yangiliklar

O‘quv dasturi davomida mutaxassislar TS EN ISO/IEC 17025 standarti talablari, ISTA akkreditatsiyasi mezonlari, laboratoriya sifat menejmenti tizimi hamda urug‘ namunalarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va sinovdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar.
Shuningdek, urug‘larning tozaligi, namligi, unuvchanligi va ming dona urug‘ massasini aniqlash usullari, ISTA xalqaro sertifikatlari (Orange, Blue, Duplicate va Provisional)ni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Xizmat safari doirasida delegatsiya Turkiyaning zamonaviy urug‘lik sinov laboratoriyalari faoliyati, laboratoriya boshqaruv tizimi hamda xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.
O‘quv dasturi yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Mazkur malaka oshirish dasturi Markazning Markaziy laboratoriyasini ISTA xalqaro akkreditatsiyasiga tayyorlash, TS EN ISO/IEC 17025 standarti talablarini amaliyotga joriy etish hamda urug‘lik mahsulotlari sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
